Rossiya Sirdaryoda biotexnologik majmua qurishni rejalashtiryapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Rossiya kompaniyasi bilan hamkorlikda biotexnologik majmua qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, loyiha qiymati 20 million dollarni tashkil etadi. Tegishli kelishuv viloyat rahbari Akmaljon Mahmudaliyev va Rossiyaning IMPACT-BIO kompaniyasi direktori Ivan Savinsev o‘rtasida imzolangan. 

“Majmua “Yangiyer” erkin iqtisodiy zonasi hududida barpo etiladi. Unda biologik faol qo‘shimchalar, oqsilli ozuqa, biopolimer va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiya Sanoat va savdo vazirligi O‘zbekiston bilan umumiy qiymati 2,2 trillion rubllik 60 ta qo‘shma loyiha ustida ish olib bormoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan mintaqalararo hamkorlik forumida Rossiya va O‘zbekiston hududlari o‘rtasida umumiy qiymati 3,5 milliard dollarlik hujjatlar imzolandi.

Ikki davlat temiryo‘l kompaniyalari o‘rtasida ham o‘zaro yuk tashish va multimodal transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha hujjat imzolandi. 

Bundan tashqari, oktyabr oyida O‘zbekiston Qozog‘iston orqali Rossiya gazini import qilishni boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Sirdaryo biotexonlogiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing