Rossiya Shveysariyaning taklifini rad etdi

Olam 27489
image
-

Rasmiy Moskva Shveysariyaning Rossiyada Ukraina manfaatlarini himoya qilish taklifini rad etdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Shveysariya neytral maqomini yo‘qotgani va Rossiyada na vositachi, na Ukraina manfaatlarining vakili sifatida ishlay olmasligini aytdi.

Rossiya TIV axborot va matbuot departamenti direktori o‘rinbosari Ivan Nechayevning so‘zlariga ko‘ra, Bern Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilgan va o‘zi aytganidek, Kiyevdagi rejimni qo‘llab-quvvatlaydi.

“Bunday xatti-harakatlar bilan vositachilik, vakillik va boshqa xayrli xizmatlarni qanday taklif qilish mumkinligi mutlaqo tushunarsiz”, deydi rasmiy.

Avvalroq Shveysariya va Ukraina rasmiy Bern Ukraina manfaatlarini Rossiyada himoya qilishi kerakligi haqida kelishib, Moskvaga tegishli taklif bilan murojaat qilgan edi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1153
Reyting: 3
t
×