Rossiya Saudiyaga vaksinasini o‘tkazmoqchi. Putin Muhammad bin Salmon bilan gaplashib oldi
Olam
−
16 fevral 2021
5797Kecha, 15 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon al-Saud bilan telefon orqali muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Kreml saytida xabar berilgan.
Qayd etilishicha, siyosatchilar Rossiya-Saudiya mamlakatlari o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 95 yilligi munosabati bilan muzokara o‘tkazgan.
"Koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash mavzusi, shu jumladan Saudiya Arabistonida Rossiya vaksinalarini qo‘llash imkoniyati ko‘rib chiqildi", deyilgan bayonotda.
Bundan tashqari, davlatlar rahbarlari "OPEK plyus" formatdagi kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashgan va energetika masalasida hamkorlikni davom ettirishga qaror qilgan.
LiveBarchasi