Rossiya “Sarmat” raketasini sinovdan o‘tkazdi
Olam
−
21 aprel 2022
18390Rossiya Mudofaa vazirligi Plesetsk kosmodromida “Sarmat” qit’alararo ballistik raketasi (QBR) muvaffaqiyatli uchirilgani haqida ma’lum qildi.
“Konstruktiv xarakteristikalar parvozning barcha bosqichlarida tasdiqlangan”, deyiladi vazirlik xabarida. Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, bu davlat sinov dasturidagi ilk bor raketa parvozi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin harbiylarni “Sarmat”ning muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgani bilan tabriklab, bu qurolning dunyoda o‘xshashi yo‘qligini ta’kidlagan. U raketani ishlab chiqqanlarga ham minnatdorlik bildirgan.
“Yangi majmuani (“Sarmat” raketa majmuasi – tahr.) yaratish va ishlab chiqarishda ishtirok etgan barchaga o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman. Belgilangan vazifalarni hal etishda o‘z intellektual hissasini qo‘shganlarga”, degan Putin.
Pentagonning yuqori martabali mulozimining jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Rossiya tomonidan “Sarmat” sinovi haqida oldindan ogohlantirilgan va buni tahdid sifatida qabul qilmaydi.
RS-28 yoki “Sarmat” (NATO tasnifiga ko‘ra: SS-X-30[4]) – bu og‘ir ko‘p bosqichli suyuq yoqilg‘ili qit’alararo ballistik raketaga (QBR) ega bo‘lgan Rossiyaning beshinchi avlod strategik raketa tizimi. .
“Sarmat” raketa tizimi strategik raketa kuchlarida xizmat ko‘rsatadigan Sovet davridagi R-36M2 “Voyevoda” raketalarini almashtirish uchun mo‘ljallangan.
LiveBarchasi