Turkiya birinchi xonimi “Uyda qol!” chorlovi bilan chiqdi
Olam
−
12 aprel 2020
9936Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning rafiqasi – mamlakat birinchi xonimi Emina Erdo‘g‘an yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasi avj olgan pallada ijtimoiy rolikda chiqish qilib, xalqni uyda qolishga undadi.
Birinchi xonim “Albatta, bir kun uchrashamiz” qo‘shig‘i sadolari ostida turk xalqiga uyda qol chorlovini yo‘lladi.
“Balki dengiz sohilida, balki keksalarimizning qaynoq bag‘rida, balki biz sog‘ingan eng chiroyli ko‘chalarda yana qo‘lni qo‘lga beramiz. Yaqinlarimizga bo‘lgan sog‘inch tugaydi. Ko‘chalarimiz yanada orzu-havasga to‘ladi. Baxtli kunlarimiz xushxabar kabi qaytib keladi. Ammo hozir hammamiz bir bo‘lib, uyda qolamiz. Albatta, bir kun uchrashamiz”, deydi Emina Erdo‘g‘an.
Ma’lumot o‘rnida, Turkiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat kun sayin keskin tus olmoqda. Mamlakatda koronavirusga chalinganlar 52 107 nafarga yetdi. Bemorlarning 1 101 nafari vafot etgan bo‘lsa, 2 965 kishi sog‘lom hayotga qaytdi.
Turkiyada 31 viloyatda, jumladan poytaxt Anqara va Istanbul shaharlarida 11-12 aprel kunlari ko‘chaga chiqishga taqiq qo‘yildi.
LiveBarchasi