Rossiya safarbar qilinganlardan “to‘p yemi” sifatida foydalanyapti – Zelenskiy
Olam
−
14 Oktabr 2022
4874Rossiya Ukraina bilan janglarga harbiy tayyorgarligi bo‘lmagan odamlarni yuboryapti. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 13 oktyabrdagi videomurojaatida aytib o‘tdi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Rossiya o‘zining harbiy tayyorgarlikka ega bo‘lmagan minglab safarbar qilingan odamlarini frontga jo‘natmoqda.
“Ammo ularning qo‘mondonligiga bu umuman kerak emas. Ular safarbar qilingan ruslar urushda kamida bir necha hafta omon qolishlarini kutishyapti, keyin ular o‘lishadi, keyin esa yangilari frontga olib kelinadi. Ammo bu vaqt ichida rossiyalik generallarning o‘z xalqidan “to‘p yemi” sifatida foydalanishi himoyachilarimizga qo‘shimcha bosim yaratish imkonini beradi”, deydi Zelenskiy.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, bu sezilarli bosim, shuning uchun u bunga bardosh bergan Ukraina harbiylariga yana bir bor minnatdorlik bildirdi.
Prezident dushman zarbalari natijasida shikastlangan infratuzilma ob’ektlari zudlik bilan tiklanayotganini ta’kidladi.
Zelenskiy, shuningdek, quruqlikdagi qo‘shinlarning 5-alohida hujum polki, dengiz piyodalarining 1-alohida bataloni va Ukraina Milliy gvardiyasining 4-brigadasi bataloni jangchilari “Baxmut yo‘nalishida mudofaa paytida mohirona va qahramonona harakat ko‘rsatganini” qayd etdi.
“Bu yo‘nalish hali ham jabhadagi eng qiyin yo‘nalishlardan biri. U yerda bizning pozitsiyalarimizni himoya qilib, kuchlarga aniq zarbalar berayotgan har bir kishiga rahmat”, deydi u.
LiveBarchasi