Rossiya rus diplomatlarini quvgan Polshaga javob qildi

Olam

image

Moskva rossiyalik diplomatlarning Polshadan chiqarib yuborilishiga javoban 45 nafar polshalik diplomatni “persona non grata” deb e’lon qildi, ular 13 aprelgacha Rossiyani tark etishlari kerak. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilgan.

“Polshaning rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish bo‘yicha nodo‘stona harakatlariga javob tariqasida Polsha Respublikasi elchixonasi hamda Polsha Respublikasining Irkutsk, Kaliningrad va Sankt-Peterburgdagi bosh konsulliklarining 45 nafar xodimi “persona non grata” deb e’lon qilindi. Ular Rossiya Federatsiyasi hududini 13 aprel kun oxirigacha tark etishlari kerak. Tegishli nota Polshaning Rossiyadagi elchisiga topshirildi”, deyiladi xabarda.

Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, kecha, 8 aprel kuni Smolenskaya maydoniga chaqirilgan Polshaning Moskvadagi elchisi Kshishtof Krayevskiy 23 mart kuni Rossiyaning respublikadagi xorijiy vakolatxonalari xodimining 45 nafari asossiz “persona non grata” deb e’lon qilinganiga keskin norozilik bildirgan.

“Elchiga [biz] bunday qadamni Varshavaning ikki tomonlama munosabatlarni oxir-oqibat barbod qilishga ongli ravishda intilayotganining tasdig‘i deb bilishimiz aytildi. Buning uchun javobgarlik to‘liq Polsha tomonida”, deyiladi vazirlik xabarida.

Mart oyi oxirida Rossiyaning Polshadagi elchisi Sergey Andreyev mamlakat TIVdan Varshava ma’lumotlariga ko‘ra, razvedka faoliyatida ayblanib, 45 nafar rossiyalik diplomat chiqarib yuborilgani haqida nota olgandi. U bu qarorni asossiz deb atagan.

Mamlakatlar o‘rtasida diplomatik aloqalar saqlanib qolmoqda. Rossiya Federatsiyasining Varshavadagi elchixonasi, shuningdek, konsullik bo‘limi, shuningdek, Krakov, Gdansk va Poznandagi bosh konsulliklari o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

1095

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing