Rossiya rasmiylari Zelenskiyni o‘ldirmoqchimi? Peskov Kremlning maqsadini ochiqladi
Olam
−
06 aprel 2022
16309Rossiya rasmiylari snayperlari nishoni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga qaratilganmi? Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya rasmiylari Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni o‘ldirmoqchi ekanligi haqidagi xabarlarni “to‘g‘ri emas” deb atadi. Janob Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni Ukraina Prezidentining muzokaralarda ilgari surilgan shartlarga rozi bo‘lishidan manfaatdor.
Peskov Fransiyaning LCI telekanaliga bergan intervyusida Rossiya rasmiylari Vladimir Zelenskiyni o‘ldirish rejalari haqidagi savolga javoban "yo‘q, bu to‘g‘ri emas", deb javob berdi.
“U Ukraina Prezidenti va biz uning Rossiya delegatsiyasi unga aniq ma’lum qilgan Rossiya Federatsiyasi shartlariga rozi bo‘lishidan manfaatdormiz. Muzokaralar orqali biz harbiy amaliyotga chek qo‘ymoqchimiz”, deydi Dmitriy Peskov.
Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyakning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Zelenskiyni o‘ndan ortiq marta o‘ldirishga urinish bo‘lgan.
Hozirda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar video formatda davom etmoqda. So‘nggi yuzma-yuz muzokaralar 29 mart kuni Istanbulda bo‘lib o‘tdi. Ulardan keyin Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy Kiyev bir qator masalalarga “realistroq” yondashganini aytdi.
LiveBarchasi