Rossiya Oliy sudi LGBTni ekstremistik harakat deb tan oldi
Olam
−
30 noyabr 2023
7296Rossiya Oliy sudi LGBT harakatini ekstremistik deb tan oldi va uning mamlakatda faoliyatini taqiqladi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Adliya vazirligining LGBT harakatini ekstremistik deb tan olish to‘g‘risidagi da’vosi qanoatlantirilsin”, deya qarorni e’lon qilgan sudya.
Sud qarori darhol ijro etilishi kerak. Ishda maxfiy materiallar mavjudligi sababli sud majlisi yopiq eshiklar ortida o‘tgan, sudlanuvchining vakillari sudga kelmagan.
Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan dalillarni o‘rganish sudda taxminan to‘rt soat davom etgan, shundan so‘ng qaror e’lon qilingan. Ammo matbuotga sudning sabablari noma’lumligicha qolmoqda.
Adliya vazirligi avvalroq LGBT harakatini taqiqlash uchun sudga murojaat qilgan edi. Da’vo arizasida ta’kidlanganidek, harakatning Rossiya Federatsiyasi hududidagi faoliyatida ekstremistik yo‘nalishning turli belgilari va ko‘rinishlari, jumladan, ijtimoiy va diniy adovatni qo‘zg‘atish holatlari aniqlangan.
LiveBarchasi