Britaniya Rossiyaning LGBT harakatini taqiqlash qaroridan afsusda
Olam
−
01 dekabr 2023
12170Buyuk Britaniya hukumati Rossiya Federatsiyasi Oliy sudining LGBT harakatini taqiqlash va uni ekstremistik deb tan olish haqidagi qaroridan afsusda. Bu haqda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Leo Docherti ma’lum qildi.
“Buyuk Britaniya Rossiya Oliy sudining xalqaro LGBT faoliyatini ekstremistik deb tasniflagan va keng qamrovli oqibatlarga olib keladi deyilgan qaroridan hayratda. Rossiya hukumati fuqarolik va siyosiy huquqlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi va LGBT vakillarini ta’qib qilishni bas qilishi kerak. Inson huquqlari universaldir”, deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter).
Eslatib o‘tamiz, kecha, 30 noyabr kuni Rossiya Oliy sudi LGBT harakatini ekstremistik deb tan oldi va uning mamlakatda faoliyatini taqiqladi. Adliya vazirligining da’vo arizasida qayd etilganidek, Rossiya Federatsiyasi hududidagi harakat faoliyatida ekstremistik yo‘nalishning turli belgilari va ko‘rinishlari, jumladan, ijtimoiy va diniy adovatni qo‘zg‘atish holatlari aniqlangan.
LiveBarchasi