BMT Rossiyani LGBT bo‘yicha qarorini o‘zgartirishga chaqirdi
Olam
−
03 dekabr 2023
14980Rossiya Oliy sudining LGBT harakatini ekstremistik deb tan olish qarori katta ijtimoiy va jinoiy oqibatlarga olib keladi. Bu haqda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Volker Turkning Jenevada e’lon qilingan bayonotida so‘z borgan.
U ushbu qaror oqibatida LGBT huquqlarining barcha tarafdorlari ekstremist sifatida tamg‘alanishi xavfi ostida degan fikrni bildirdi.
Turk Rossiya hukumatini, uning fikricha, inson huquqlari himoyachilari faoliyatiga ortiqcha cheklovlar qo‘yuvchi yoki LGBT vakillarini kamsituvchi qonunlarni bekor qilishga chaqirdi.
Avvalroq Rossiya Oliy sudi LGBT harakatini ekstremistik deb tan olib, mamlakatda faoliyatini taqiqlagan edi. Adliya vazirligining da’vo arizasida qayd etilganidek, Rossiya Federatsiyasi hududidagi harakat faoliyatida ekstremistik yo‘nalishning turli belgilari va ko‘rinishlari, jumladan, ijtimoiy va diniy adovatni qo‘zg‘atish holatlari aniqlangan.
LiveBarchasi