Rossiya Odessaga yirik dron hujumi uyushtirdi
Olam
−
27 yanvar 2433 2 daqiqa
Bugun, 27 yanvar kuni ertalab Rossiya Qurolli kuchlari Odessaga 50 dan ortiq hujumkor dronlar bilan hujum qildi. Oqibatda 22 kishi yaralangan, Xarkov va uning atrofidagi hududning qariyb 80 foizi elektrsiz qolgan. Bu haqda “Rubrika” xabar berdi.
Shahar harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Lisakning so‘zlariga ko‘ra, asosiy zarbalar energetika va fuqarolik ob’ektlariga qaratilgan. Beshta turar-joy binosi shikastlangan, kvartiralar va kirish joylari jiddiy vayron bo‘lgan. Shuningdek, bitta dron Yevangeliy cherkoviga zarba bergan.
Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ikki qavatli turar-joy binosiga zarar yetkazilgan. Boshqa manzilda ikki qavatli binoning ikkinchi qavatidagi xonadon vayron bo‘lgan. Bundan tashqari, to‘rt qavatli turar-joy binosining ikkinchi qavatidan to‘rtinchi qavatigacha bo‘lgan kvartiralar vayron bo‘lgan. To‘qqiz qavatli binoda yong‘in chiqqan. 3 kishi vayronalar ostida qolgan bo‘lishi mumkin. Hozirda qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Dnepropetrovsk viloyat harbiy ma’muriyati boshlig‘i Aleksandr Ganjaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya dronlari Krivoy Rokka hujum qilgan. To‘qqiz qavatli binoga qilingan zarba kvartirada va balkonlarda yong‘inga sabab bo‘lgan. Qutqaruvchilar 15 kishini evakuatsiya qilgan va hech kim jarohat olmagan.
Kecha, 26 yanvar oqshomida ham Rossiya kuchlari Xarkovga qo‘shma hujum uyushtirgan. Hujum oqibatida ikki kishi jarohat olgan va ikkita maktabga zarar yetkazilgan, energetika infratuzilmasiga jiddiy hamda putur yetgan.
Eslatib o‘tamiz, Yangi yil kechasida Rossiya harbiylari Ukrainaga qarshi 205 ta dron yordamida keng ko‘lamli hujum uyushtirgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi