Rossiya Odessaga ballistik raketalar bilan zarba berdi. Qurbonlar bor

Olam

image

1 may, chorshanbaga o‘tar kechasi Rossiyaning Odessaga hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat fuqarolik ma’muriyati rahbari Oleg Kiper ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum ballistik raketalar orqali amalga oshirilgan. Yana uch kishi jarohat olgan bo‘lib, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani aytilmoqda. Fuqarolik infratuzilmasiga ham zarar yetgan. 

Odessa meri Gennadiy Truxanov ham zarba oqibatida tinch aholi vakillari jabrlanib, turarjoy binolari vayron bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.

Ma’lumot uchun, avvalroq ham rus armiyasi Odessani o‘qqa tutgan. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, zarba kassetali o‘q-dorilar borligi taxmin qilinayotgan ballistik raketalar yordamida amalga oshirilgan. Oqibatda besh kishi halok bo‘lib, 23 kishi yaralangani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Odessa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing