Rossiya ochlikdan saqlashni majburiyati emas, “sadaqasi” deb bilyapti – Zelenskiy

Olam

image

Rossiya dunyoda ochlikni qo‘zg‘atmoqda va xalqlarni ochlikdan himoya qilishni majburiyati emas, balki boshqalarga berayotgan imtiyozi deb bilmoqda. Rossiya va uning rahbari Vladimir Putin qilmishlariga yarasha javob olishi kerak. Bu haqda Ukraina Respublikasi Prezidenti Vladimir Zelenskiy Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida o‘tkazilgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha yig‘ilishda so‘z ochdi. 

Davlat rahbari BMTning yuqori darajadagi haftaligi tadbirlarida onlayn formatda ishtirok etmoqda. 

Zelenskiyning fikricha, ochlikni qo‘zg‘atayotgan davlat dunyoning eng qattiq munosabatini ko‘rishi va Rossiya ochlikdan himoyalanishni huquq emas, balki imtiyoz qilishga uringani uchun javobgarlikka tortilishi kerak. 

“Dunyodagi har bir inson ochlikdan va hatto uning tahdididan ham mahrum bo‘lishi kerak. Ocharchilikni qo‘zg‘atadigan, xalqlarni ochlikdan himoya qilishni omad tabassumiga yoki qandaydir diktatorning rahm-shafqatiga bog‘lab qo‘yishga harakat qiladigan har qanday davlat dunyoning eng qattiq munosabatini ko‘rishi kerak”, deydi Zelenskiy.

Zelenskiyga ko‘ra, Rossiya ochlikdan himoyalanishni huquq emas, balki imtiyoz, oziq-ovqatni ajralmas huquq emas, balki so‘rash kerak bo‘lgan narsaga aylantirmoqchi. 

“Biz buni mutlaqo qabul qilmaymiz. Biz bunga qarshi izchil kurashamiz. Va biz sizni Rossiyani javobgarlikka tortishda biz bilan birdam bo‘lishga chaqiramiz. Har qanday inson va har qanday mamlakatning ochlikdan himoyalanish huquqi – oziq-ovqat olish huquqini kafolatlashda biz bilan birdam bo‘ling”, deydi u. 

Uning ta’kidlashicha, bu Ukrainaning pozitsiyasi. Bu ocharchilik oqibatida millionlab odamlarini yo‘qotgan xalqning pozitsiyasi. 

“Shu bois, biz “oziq-ovqat xavfsizligi” so‘zlari aslida nimani anglatishini ayniqsa his qilamiz”, deydi Prezident.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasidagi nutqida dunyo aholisining beshdan biri ochlikdan aziyat chekayotganini aytgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

152

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing