Rossiya nega Belarusni qo‘llab-quvvatlaydi? Peskov javob berdi 

Olam

image

Agar Belarus Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasa, u yerda vaziyat Ukrainadagidan ham yomonroq bo‘lar edi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ta’kidladi.  

“U (Aleksandr Lukashenko, Belarus Prezidenti — tahr.) hozir ulkan xalqaro bosim ostida ekanligini unutmang. Belarus esa, haqiqatan ham, juda va juda tajovuzkor xatti-harakatlar qurboniga aylanib bormoqda. Bizning borligimiz belaruslar uchun omad. Ishonchim komilki, belaruslar biz bilan yaqin ekanligidan baxtiyor va bizning yaqin ekanligimiz ularga nisbatan bu tajovuzkor munosabatga qarshi turishga yordam beradi”, degan Peskov. 

Avvalroq, Lukashenko Belarus va Rossiya Ittifoqi Yevropa Ittifoqiga qaraganda kuchliroq, o‘ylangan va ilg‘or bo‘lishini aytgandi.  

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning noyabr oyi boshida Rossiya va Belarus Prezidentlari Vladimir Putin hamda Aleksandr Lukashenko Ittifoq davlatining integratsiya qarorini imzolagandi.    

Ma’lumot o‘rnida, 1999 yil 8 dekabrda Rossiya va Belarus o‘rtasida Ittifoq davlatini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Hujjatning 20 yilligiga qadar sohaning yo‘l xaritalarini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi. Keyin Moskva va Minsk ularni ittifoq integratsiyasi dasturlariga aylantirdi. Ularning aksariyati 2025 yilgacha, ba’zilari yesa 2027 yilgacha hisoblanadi. Moskva ham, Minsk ham ittifoq dasturlarida suverenitetni yo‘qotish bilan bog‘liq siyosiy masalalar yo‘qligini bir necha bor ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Belarus'

Baholaganlar

243

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing