Rossiya NATO sammitidan oldin Kiyev va Odessaga hujum qildi

Olam

image

Bugun, 11 iyul kuni erta tongda Rossiya Odessa va Kiyev janubidagi portga 28 ta kamikadze uchuvchisiz samolyotlarini uchirdi. Ukraina harbiylari esa Litvada NATO sammiti boshlanishidan bir necha soat oldin Moskvadan kelayotgan xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashni muhokama qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ukrainaning havo hujumidan mudofaa tizimlari Rossiya uchirgan, Eronda ishlab chiqarilgan Shahed dronlarining 26 tasini urib tushirgan. Shularning 22 tasi Odessa ustida, qolgan ikkitasi esa portdagi ma’muriyat binosi ustida urib tushirilgan.

Odessa gubernatori Oleg Kiper port yaqinidagi terminal yonib ketgani va yong‘in tezda bartaraf etilganini ma’lum qilgan. Uning aytishicha, hodisa oqibatida hech qanday “jiddiy zarar” ko‘rilmagan yoki jarohatlanganlar bo‘lmagan. 

Kiyev tomon uchirilgan dronlarning barchasi ushlangan bo‘lsa-da, ularning parchalari mintaqadagi bir qator uylarga zarar yetkazgan. Poytaxtni o‘rab turgan Kiyev viloyatida 12 turar-joy va bitta ko‘p qavatli uy dron qoldiqlari qulashi oqibatida kichik zarar ko‘rgan.

Kiyev harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popko Ukraina poytaxtiga qaratilgan bu hujum shu oy boshidan beri ikkinchi marta amalga oshirilganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 10 iyul kuni Rossiya Ukrainaning janubi-sharqiy va sharqiy qismidagi gumanitar yordam tarqatish punktlariga hujum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Rossiya Ukraina Odessa Kiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing