Rossiya namoyishlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun AQSHga norozilik bildirdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sergey Ryabkov AQSHning Moskvadagi elchisi Jon Sallivan bilan suhbat o‘tkazdi. Uchrashuvda Rossiya tashqi idorasi rahbari o‘rinbosari elchiga joriy yilning 23 yanvar kuni boshlangan ruxsatsiz aksiyalar haqida Vashingtonning bildirgan bayonotiga nisbatan Rossiya tarafining noroziligini yetkazdi. Bu haqda dushanba kuni Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova bugun, 25 yanvar kuni “Vremya pokajet” ko‘rsatuvida ma’lum qildi. 

“Amerikaning Rossiyadagi elchixonasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda va Internet-manbalarida Rossiyaning bir qator shaharlaridagi noqonuniy harakatlarni qo‘llab-quvvatlovchi postlarning tarqatilishi munosabati bilan Amerika tomoniga keskin norozilik e’lon qilindi”, deydi u. 

Zaxarovaga ko‘ra, Rossiya AQSH elchixonasining tartibsizliklar haqidagi postlarini ichki ishlarga bevosita aralashish deb baholaydi. 

“Amerika elchisiga Rossiya tomoni ushbu materiallarni, shuningdek AQSH Davlat departamentining bayonotlarini mamlakatimiz ichki ishlariga bevosita aralashish sifatida baholayotgani to‘g‘risida xabar berildi. Diplomatga Rossiya Federatsiyasi qonunlari va umume’tirof etilgan diplomatik normalarga qat’iy rioya qilish zarurligi to‘g‘risida ko‘rsatma berildi”, deydi Zaxarova. 

Moskva G‘arb ijtimoiy tarmoqlarining harakatlari bilan Rossiyadagi kelishilmagan harakatlar sharoitida shug‘ullanadi,  deya qo‘shimcha qiladi TIV vakili.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya federatsiyasining bir qancha hududlarida muxolifat Aleksey Navalniyning tarafdorlari norozilik namoyishlari uyushtirdi. Oqibatda, ayrim hududlarda huquni muhofaza qiluvchi organ va miting ishtirokchilari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-AQSh Aleksey Naval'niy

Baholaganlar

184

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing