Rossiya migrantlarning ro‘yxatdan o‘tishini qiyinlashtirmoqchi
Olam
−
01 noyabr 2021
11027Rossiyada migratsiya qonunchiligini kodlashtirish va qo‘shni davlatlardan mamlakatga kirib kelayotgan barcha mehnat muhojirlarini majburiy genomik ro‘yxatga olish tartibi o‘rnatilishi mumkin. Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin shunday taklif bilan chiqdi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Tergov qo‘mitasi rahbari hozirda migratsiya “yuzlab me’yoriy hujjatlar” bilan tartibga solinganini va bu “ko‘p qirrali va ancha murakkab normativ baza” ekanini eslatgan. Shu munosabat bilan u migratsiya qonunchiligini kodlashtirish vaqti keldi, deb hisoblamoqda.
Yangi me’yoriy hujjatda u migratsiyaning barcha shakllarini, shuningdek, chet elliklarni hisobga olish bilan bog‘liq normalarni ishga qabul qilish uchun kvotalar berilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, migrantlarni ro‘yxatga olish, ularning barmoq izlarini olish tartibini aniq belgilab berishni taklif qildi.
Uning fikricha, migratsiya nazoratini yanada samaraliroq qilish uchun qonunda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning chegarachilar bilan o‘zaro hamkorligi tartibi ham belgilanishi kerak.
“Bunday chora-tadbirlar migratsiya jarayonlari ustidan nazoratni jiddiy ravishda kuchaytiradi, jinoyatchilarning mehnat bozorimizga kirib kelishiga qo‘shimcha to‘siq qo‘yadi, huquq-tartibot idoralari ular sodir etgan jinoyatlarni yanada muvaffaqiyatli aniqlaydi”, degan Tergov qo‘mitasi raisi.
LiveBarchasi