Rossiya MDH davlatlarini migrantlar masalasida ogohlantirdi
Jamiyat
−
19 fevral 2022
13968Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning ekstremizm va huquq-tartibotni buzganlik uchun migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborish chaqirig‘idan so‘ng, ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy MDHdagi hamkasblarini mehnat muhojirlarini tayyorlash darajasini oshirishga va ularning Rossiya hududidagi buzg‘unchi jarayonlarga jalb etilishining oldini olishga chaqirdi.
Rossiya IIV matbuot markazining xabar berishicha, Gorovoy MDHga a’zo davlatlar migratsiya organlari rahbarlari kengashining yig‘ilishini o‘tkazgan.
“Kengash raisi hamkorlar e’tiborini muhojirlarni qabul qiluvchi davlat hududida buzg‘unchi jarayonlarga jalb etilishining oldini olish, migrantlarni mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun o‘z mamlakatini tark etgunga qadar tayyorlash darajasini oshirish zarurligiga qaratdi.
Gorovoy migratsiya qonunchiligini buzganlik, jumladan noqonuniy mehnat faoliyati uchun chet el fuqarolariga nisbatan qattiq choralar ko‘rilishi, ular Rossiya hududidan chiqarib yuborilishi va qaytib kirishiga taqiq qo‘yilishi to‘g‘risida ogohlantirdi”, deyiladi matbuot markazi xabarida.
Yig‘ilishda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston va MDH Ijroiya qo‘mitasining Kengash a’zolari va vakolatli vakillari ishtirok etgan. Mehmon va kuzatuvchi sifatida Turkmaniston, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi va Kasaba uyushmalari umumiy konfederatsiyasi vakillari qatnashgan.
Bundan tashqari, bir kun avval MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim ishtirokchi-davlatlari qo‘shma komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.
LiveBarchasi