Rossiya MDH davlatlari o‘rtasidagi shartnomadan chiqdi

Olam

image

Rossiya bundan buyon MDH davlatlarida xizmat qilgan harbiylarga pensiya to‘lamaydi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 3 aprel kuni Rossiya Prezdenti Vladimir Putin “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlartlarning harbiy xizmatchilarini pensiya bilan ta’minlash to‘g‘risidagi bitimni denonsatsiya qilish (shartnomadan chiqish) to‘g‘risida”gi qonunni imzolagan. Ushbu bitim MDH harbiy xizmatchilarining o‘zi yashayotgan davlatidan to‘liq pensiya olishi mumkinligini anglatar edi.

Manbaga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasida harbiylar pensiyalari miqdori eng yuqori bo‘lgani sababli MDHning boshqa davlatlarida yashayotgan harbiy pensionerlarning Rossiyaga qalbaki migratsiya orqali kelishi kuzatilgan. Oqibatda amalda xorijiy davlatlar harbiylariga Rossiya byudjetidan nafaqa to‘langan. 

Ma’lumot uchun, MDH davlatlari a’zolari orasidagi mazkur shartnoma 1992 yilning 15 mayida Toshkent shahrida imzolangan. Unga ko‘ra, Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolarini pensiya va davlat sug‘urtasi bilan ta’minlash tartibi belgilangan. Shuningdek, shartnoma MDH Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari, ularning oila a’zolarini pensiya bilan ta’minlash va sug‘urtalashni ham nazarda tutgan.

Shohjahon Majitov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya MDH

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing