Rossiya masalasini muhokama qilish uchun AQSH Davlat kotibi Ukraina va Germaniyaga boradi

Olam

image

Rossiyaning Ukrainaga hujum qilish xavfidan xavotirga tushgan AQSH, masalani G‘arbiy ittifoqchilari bilan humokama qilmoqchi. 

Oq Uy Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy hafta AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Ukraina va Germaniyaga tashrif buyuradi. Uchrashuvning asosiy masalasi – Rossiya-Ukraina ehtimoliy urushini muhokama qilish. 

AQSH Davlat departamenti Matbuot kotibi Ned Praysga ko‘ra, Blinken Kiyevda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kubela bilan uchrashadi. Muloqot davomida tomonlar "Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini ta’minlashda AQSH tomonidan amalga oshiriladigan sa’y-harakatlarining istiqboli"ni muhokama qilishadi.

Berlinda AQSH vakili mamlakat rasmiylari bilan Ukrainaga hujum uyushtirgan taqdirda, Rossiyaga qarshi jiddiy javob choralari ko‘rish masalasini muhokama qilishi kutilmoqda. Bildirilishicha, G‘arb Rossiyani xatti-harakatlari uchun iqtisodiy muammolar bilan "siylamoqchi". Buning uchun esa Rossiya gazining yirik iste’molchilaridan biri bo‘lgan Germaniyaning “qo‘li”dan foydalanish ko‘zda tutilgan. 

Berlinda AQSH Davlat kotibi Blinken va Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok o‘rtasida bo‘ladigan uchrashuvda Transatlantik ittifoq a’zosi hisoblangan Buyuk Britaniya va Fransiya vakillari ham ishtirok etadi.  

Tashriflarning asosiy sababi o‘tgan hafta muvofaqiyatsiz yakunlangan G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi xavfsizlik muzokaralari ekani aytilmoqda. Ukraina chegarasida o‘z qo‘shinlari sonini tobora orttirib borayotgan Moskvaning harakatlari AQSH va NATO davlatlarining o‘rinli e’tirozlariga sabab bo‘lib, ularni birlashish sari undamoqda. 

So‘nggi paytlarda AQSH Markaziy razvedka xizmatining ma’lumotlariga tayanib, Ukrainani Rossiya hujumga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi xabarlar bilan ogohlantirmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Oq Uy Matbuot kotibi Jen Psaki Rossiya qachon Ukraina hududiga bostirib kirishi haqida ma’lum qilgan edi. Unga qo‘ra, Moskva Kiyevga joriy yilning yanvar-fevral oylarida hujum qilishni ko‘zlamoqda.

“Biz Rossiya hukumati bosqinga tayyorgarlik ko‘rayotganidan xavotirdamiz. Biz buni avval ham ko‘rganmiz. Bu voqealar bizga 2014 yil, Rossiya Ukraina sharqidagi kuchlarga qarshi hujum qilish uchun ularga nisbatan sabotaj va axborot operatsiyalari uyushtirgan paytni eslatmoqda. Rossiya harbiy rejalarini yanvar va fevral o‘rtalarida boshlashi mumkin”, degan Psaki. 

Buning ortidan Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi Oq uyning Ukrainaga bosqin uyushtirish vaqti haqidagi bayonotini “soxta va axborot bosimi” deya atagan.

Behruz Saidov 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made