Rossiya mahsulotlarida koronavirus aniqlandi

Olam

image

Xitoy sharqidagi Shandun provinsiyasidagi sanitariya xizmati uchta rus va Gollandiyaning bitta muzlatgich kemasidagi oziq-ovqat paketlarida koronavirus aniqladi. Bu haqda XXR Bojxona bosh boshqarmasi veb-saytida xabar berilgan.

Muzlatilgan mahsulot paketlaridan olingan namunalarning COVID-19 ga olingan kislota sinovi ijobiy natija berdi. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, belgilangan qoidalar doirasida Rossiya va Gollandiya kemalaridan import deklaratsiyasini qabul qilish 28 oktyabrdan boshlab bir hafta muddatga to‘xtatilgan.

Joriy yilning 18 oktyabr kuni Xitoyda birinchi marta muzlatilgan oziq-ovqat qadoqlarida jonli koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Laboratoriya sinovlari orqali COVID-19 qadoqlangan mahsulotlarda uzoq vaqt turishi mumkinligi birinchi marta tasdiqlandi. 

Bunday qadoqlangan mahsulotlar bilan aloqa qilish orqali odam infeksiya yuqtirishi mumkinligi qayd etildi. Shu bilan birga, Xitoy kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi muzlatilgan taomlar bilan aloqa qilish natijasida dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirish hollari bo‘lmaganligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya koronavirus

Baholaganlar

394

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing