Rossiya Kuril orollari masalasiga nuqta qo‘ydi

Olam

image

Rossiya Janubiy Kuril orollaridan bo‘lgan ikki orolni Yaponiyaga berish bo‘yicha muzokaralardan bosh tortdi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya tomoni yapon-amerika harbiy hamkorligini hisobga olib, bu masala ustida muzokara olib borishni ham istamagan. Shuningdek, mamlakat hududining boshqa davlatga berilishi Rossiya ichida rahbariyatga bo‘lgan ishonchning pasayib ketishiga olib kelishi mumkinligi hisobga olingan.

1 iyul kuni G20 sammitining rasmiy videosida Janubiy Kuril orollari Yaponiyaning bir qismi sifatida ko‘rsatilgani ma’lum qilingandi. Shundan keyin Rossiya norozilik bildirdi.

Ma’lumot uchun, Yaponiya Kunashir, Shikotan, Iturup va Xabomai orollarini okkupatsiya qilingan deb, Rossiyadan uni qaytarishni talab qilyapti. O‘z navbatida rasmiy Moskva Tokioni Ikkinchi Jahon urushi yakunlarini tan olishga chaqiryapti.

Rasmiy Moskvaning bu boradagi pozitsiyasi 1956 yilda imzolangan deklaratsiya asosida tinchlik shartnomasi tuzish bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirishdan iborat bo‘lyapti. Hujjatga ko‘ra, tinchlik shartnomasi tuzilgach, Sovet Ittifoqi Shikotan va Xabomai orolini Yaponiyaga berishi kerak bo‘lgan. Ammo Kunashir va Iturup orollari Ittifoq tarkibida qolishi belgilangan.

Vaziyatga xolisona qaralsa, har ikki tomon ham o‘rtadagi kelishuvga zid harakat qilayotganini ko‘rish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Yaponiya Janubiy Kuril

Baholaganlar

202

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing