Yaponiya yana Kurill orollariga da’vo qilmoqda. Moskva javob berdi
Olam
−
29 may 2021
17488Xorijiy OAVda SSSR to‘rtta Janubiy Kurill orollaridan ikkitasini Yaponiyaga berishni rejalashtirgani haqidagi xabarlar keng tarqaldi va muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ushbu xabarlarga Rossiya Tashqi ishlar vazirligi o‘z munosabatini bildirdi. Vazirlik avvalgi yillardagi yozma tarixiy hujjatlarni tarixchilar o‘rganishi va izoh berishi kerakligini ta’kidladi.
Moskva, shuningdek, Kuril orollari Ikkinchi jahon urushidan keyin SSSR tarkibiga kirgani, tegishli xalqaro huquqiy assoga egaligi va orol ustidan suverenitet o‘rnatilganini bildirdi.
Qayd etish kerakki, ushbu ma’lumotni tarqatgan Yaponiyaning “Kiodo” agentligi Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi Markaziy Qo‘mitasining sobiq arxividagi materiallarga asoslangan.
Nashrga ko‘ra, Yaponiya Kunashir, Shikotan, Iturup va Xabomay orollariga da’vo qilmoqda. Bunda u 1855 yilgi "Savdo va chegara to‘g‘risida"gi ikki tomonlama shartnomaga asoslangan. Oradan bir qancha vaqt o‘tib Tokio ushbu hududlarni qaytarishni Rossiya Federatsiyasi bilan Ikkinchi jahon urushi oxirida “hech qachon imzolanmagan tinchlik shartnomasi”ni tuzish shartiga aylantirgan.
Ma’lumot o‘rnida, Rossiya 1905 yilda Rossiya-Yaponiya urushidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Saxalinning janubiy qismini Yaponiyaga topshirgan. 1945 yil fevral oyida esa Sovet Ittifoqi Yaponiya bilan urushga kirish evaziga Saxalin va Kurill orollarini qaytarib olgan.
LiveBarchasi