Rossiya koronavirus holatlari bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi
Olam
−
14 iyul 2021
7339Rossiya aniqlangan koronavirus holatlari bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlari darak beradi.
“Rossiya Federatsiyasida 2020 yil 3 yanvardan 2021 yil 13 iyul soat 17:55 gacha 5 833 175 COVID-19 kasalligi va 144 492 o‘lim haqida JSSTga xabar berilgan. 2021 yil 6-iyul holatiga ko‘ra, mamlakatda 42 830 589 doza vaksina qo‘llanilgan”, deyilgan sayt xabarida.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ro‘yxatida Rossiya 5 700 017 holat aniqlangan Fransiyadan oldinga chiqib olgan.
Ro‘yxatda Braziliya 19 milliondan ortiq kasallik bilan uchinchi, Hindiston 30,9 million holat bilan ikkinchi, AQSH esa 33,5 million kasallik bilan birinchi o‘rinni egallagan.
Avvalroq, Rossiyada bir sutkada COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning o‘limi bo‘yicha yangi rekord qayd etilgani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi