Rossiya Kiyevga KXDR raketasi bilan zarba berdi – Zelenskiy
Olam
−
12 avgust
9835Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya armiyasi Kiyev viloyatiga havo hujumida Shimoliy Koreya raketasidan foydalangan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, rossiyaliklar Shimoliy Koreya raketasidan foydalangan va bu Ukrainaga qarshi ataylab qilingan navbatdagi terakt bo‘lgan. Pirotexniklar ushbu raketa bo‘yicha aniq ma’lumotlarni o‘rnatish ustida ishlamoqda”, deb yozdi Zelenskiy.
Ukraina Qurolli kuchlarining ma’lumotlariga ko‘ra, KXDRning KN-23 ballistik raketalari kamdan-kam hollarda o‘z nishonlariga yetib boradi, biroq aholi uchun jiddiy xavf tug‘diradi.
Hujumdan so‘ng Kiyev shahar harbiy boshqarmasi ham Ukraina poytaxtiga ballistik raketalar – “Iskander-M” yoki Shimoliy Koreyaning KN-23 uchirilganini ma’lum qilgan. Kiyev viloyatining Brovari tumanida urib tushirilgan raketaning qoldiqlari turarjoy binolari ustiga tushgan. Qutqaruvchilarning vayronalar ostidan 35 yoshli erkak va uning to‘rt yoshli o‘g‘lining jasadlarini olib chiqqani va yana uch kishi jiddiy jarohat olgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksey Krivoruchko bilan uchrashuvda Rossiya va Shimoliy Koreyaning harbiy sohada hamkorligi zarurligini aytgandi.
Zebo Turobjonova
LiveBarchasi