Rossiya xoldingi O‘zbekistonda aviakompaniya tashkil etmoqchi
Jamiyat
−
15 iyul 2022
15462Rossiyaning “Aeroporti Regionov” xoldingi O‘zbekistonda Sukhoi Superjet 100 samolyotlari bilan mahalliy reyslarda xizmat ko‘rsatuvchi aviakompaniya tashkil qilib, uni Farg‘ona aeroportida joylashtirmoqchi. Bu haqda kompaniya vakillari Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bilan uchrashuvda so‘z bordi.
Hokimning kompaniya vakillari bilan uchrashuvida rekonstruksiya va modernizatsiya qilish orqali Farg‘ona aeroportini rivojlantirish istiqbollari hamda “Aeroporti Regionov” xoldingining bu jarayonda ishtiroki imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, kelgusida Farg‘ona aeroportini Yevropa va Osiyo o‘rtasida xalqaro tranzit tuguniga aylantirish, qo‘shimcha kargo terminali barpo etish orqali yuk tashish hajmini oshirish imkoniyatlari yuqori baholandi.
“Aeroporti Regionov” xoldingi tomonidan O‘zbekistonda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan, o‘rta masofaga mo‘ljallangan Sukhoi Superjet 100 samolyotlari bilan mahalliy reyslarda xizmat ko‘rsatuvchi aviakompaniyani Farg‘ona aeroportida joylashtirish bo‘yicha fikr almashilgan.