Rossiya xavfsizlik xizmati hibsga olgan Estoniya konsuliga chora ko‘rildi

Olam

image

Avvalroq Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Sankt-Peterburgda Estoniya konsuli Mart Layteni “maxfiy materiallarni olayotgan payt” hibsga olgani haqida xabar bergandik. Bugun, 7 iyul kuni Rossiya tomoni Estoniyaning Sankt-Peterburgdagi konsuli Mart Layte mamlakatni 48 soat ichida tark etishi kerakligi haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova xabar bermoqda.

“7 iyul kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga Estoniyaning Rossiyadagi elchixonasi muvaqqat ishlar vakili Ulla Uybo chaqirildi. Rossiya tomoni Sankt-Peterburgdagi Estoniya bosh konsulligi konsuli Marta Laytega diplomatik maqomga to‘g‘ri kelmaydigan maxfiy ma’lumotlarini yig‘ish faoliyati bilan shug‘ullangani uchun qat’iy norozilik bildirdi. Estoniya konsullik idorasi xodimi “persona non grata”, deb e’lon qilindi, u Rossiya Federatsiyasi hududidan 48 soat ichida chiqib ketishi kerak”, deyiladi xabarda.

Foto: Rossiya TIVga chaqirilgan Ulla Uybo

Bundan tashqari, Rossiya rasmiy Tallinning bu boradagi pozitsiyasini “o‘ta beparvolik”, deb baholagan.

“Estoniya Tashqi ishlar vazirligi Mart Laytening hibsga olinishi “noqonuniy va provokatsion” ekani va unga qo‘yilgan ayblovlar “asossizligi” borasidagi izohi bilan bog‘liq holda, ular vaziyatni yolg‘on nuqtai nazardan tasvirlanishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidlagandi. 

Biz rasmiy Tallinning ushbu pozitsiyasini o‘ta beparvo, deb bilamiz. Chunki bu estoniyalik “diplomat”ning noqonuniy faoliyatiga oid inkor etilmaydigan dalillar mavjud bo‘lib, u siz bilganingizdek, Rossiya fuqarosidan maxfiy materiallarni olayotganda hibsga olingan”, deya qo‘shimcha qildi TIV vakili.

Foto: Estoniyaning Rossiyadagi konsuli Mart Layte

Eslatib o‘tamiz, Estoniya Tashqi ishlar vazirligi Respublika konsulining hibsga olinishini “provokatsiya”, deb baholagandi.

Xalqaro standartlarga ko‘ra, diplomatlar ishlayotgan mamlakatda daxlsizlik huquqiga ega. Biroq, qonun buzilgan yoki dushmanlik harakatlari sodir etilgan taqdirda, ularni ushbu huquqdan mahrum etish mumkin.

Vena konvensiyasiga ko‘ra, qabul qiluvchi davlat diplomatlarni yuboruvchi davlatga har qanday vaqtda vakolatxona rahbari yoki boshqa diplomatik ishchi “persona non grata”, deb e’lon qilinganini va uni mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risida xabar berishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva Estoniya elchi konsul Tallin

Baholaganlar

127

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing