Kurs UZS

USD

12 994.59

13.7

EUR

14 761.85

38.92

RUB

157.68

-0.99

Rossiya Xarkovdagi shifoxonaga zarba berdi. Jabrlanganlar bor

Olam

image

Bugun, 1 mart kuniga o‘tar kechasi Rossiya “Shahed” dronlari yordamida Xarkov shahri va Xarkov viloyatiga yirik hujum uyushtirdi. Bu haqda mahalliy politsiya boshqarmasining Telegram sahifasida xabar berildi.

Unda aytilishicha, shaharning Kiyev, Shevchenkovsk va Novobavarsk tumanlarida to‘qqizta holat qayd etilgan. Dronlardan biri uch qavatli tibbiyot binosiga urilib, tomida yong‘in kelib chiqqan. Qutqaruvchilar, politsiya, tibbiyot xodimlari va ko‘ngillilar binodan 64 kishi, jumladan 56 bemor va bir bolani evakuatsiya qildi.

Turar-joy binolari, savdo markazi, do‘konlar, yoqilg‘i quyish shoxobchasi, avtosalon va boshqa fuqarolik infratuzilma ob’ektlari ham zarar ko‘rgan. Yana bir qancha joylarda yong‘in sodir bo‘lgan.

Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, dron zarbalari oqibatida kamida yetti kishi jarohatlangan. Xarkov viloyati harbiy boshqarmasining aniqlik kiritishicha, jabrlanganlarning barchasiga voqea joyida yordam ko‘rsatilgan va ularni shifoxonaga yotqizish talab qilinmagan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 fevralga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga 267 ta dron uchirgandi. Xarkov, Poltava, Sumi, Kiyev, Chernigov, Cherkasi, Kirovograd, Jitomir, Xmelnitskiy, Rovno, Nikolayev, Odessa va Dnepropetrovsk viloyatlarida 138 ta dronni urib tushirilgan. Yana 119 ta dron zarar yetkazmasdan yerga qulagan, uchtasi Belarusga, biri Rossiyaga qaytgan. 25 fevralga o‘tar kechasi Rossiya yana bir bor Ukraina hududini yirik havo hujumiga uchratgan edi. Rossiya qo‘shinlari qanotli raketalarni va “Shahed” hujumchi dronlarini uchirgan. Rossiyaning qanotli raketalari Tu-95 strategik bombardimonchi samolyotlaridan Saratov viloyatidagi Engels shahridan uchirilgan va Cherkas viloyatida kuzatilgan. Keyin raketalar yo‘nalishini bir necha marta o‘zgartirgan. “Shahed”larning parvozlari tun bo‘yi Ukrainaning ko‘plab hududlarida qayd etilgan. 26 fevral kuniga o‘tar kechasi esa Ukraina dronlari Krasnodar o‘lkasiga ommaviy hujum uyushtirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya shifoxona dronlar Xar'kov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing