Kurs UZS

USD

12 973.31

12.93

EUR

14 329.02

176.29

RUB

151.19

-0.73

Rossiya Ukrainani o‘qqa tutdi: qurbon va yaradorlar bor

Olam

image

Bugun, 23 fevralga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga 267 ta dron uchirdi. Bu haqda Ukraina harbiy-havo kuchlari o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Xarkov, Poltava, Sumi, Kiyev, Chernigov, Cherkasi, Kirovograd, Jitomir, Xmelnitskiy, Rovno, Nikolayev, Odessa va Dnepropetrovsk viloyatlarida 138 ta dronni urib tushirishga muvaffaq bo‘lingan.

Rossiya droni Chernobil AESga urilib, yonib ketdi (video) north_east

Rossiya droni Chernobil AESga urilib, yonib ketdi (video)

Yana 119 ta dron yo‘ldan chiqib ketgan va zarar yetkazmasdan yerga qulagan. Ulardan uchtasi Belorusga, biri Rossiyaga qaytgan.

Krivoy Rog shahrida bir kishi halok bo‘lgan, besh kishi yaralangan. Jabrlanganlardan biri og‘ir ahvolda. Mahalliy hukumat shaharga raketa zarbasi berilganini aytdi. 12 ko‘p qavatli uy, qariyalar uyi, cherkov, yoqilg‘i quyish shoxobchasi va avtomobillarga zarar yetgan.

Shuningdek, Zaporoje shahrida 53 yoshli ayol dron hujumi oqibatida jarohat olgan.

Bundan tashqari, Kiyevda bir qancha xususiy uylar va avtomobillarga zarar yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Rossiya-Ukraina Ukraina dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing