Rossiya droni Chernobil AESga urilib, yonib ketdi (video)

Olam

image

Rossiya armiyasi jangovar dron bilan Chernobil atom elektr stansiyasining inshootiga zarba berdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

“Rossiyaning jangovar droni ushbu tun Chernobil AESning vayron bo‘lgan 4-energoblokidan nurlanish tarqalishining oldini oluvchi himoya inshootiga kelib urildi”, dedi Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zarba oqibatida gumbaz shikastlangan va yong‘in kelib chiqqan, biroq tezda o‘chirilgan. Radiatsiya ko‘rsatkichining oshishi qayd etilmagan. Zelenskiy inshoot jiddiy zarar ko‘rganini qo‘shimcha qilib, himoya qoplamasi teshilganini bildirdi.

“Dunyoda bunday ob’ektlarga hujum qilishi, atom elektr stansiyalarini bosib olishi va oqibatlarini hisobga olmagan holda harbiy harakatlar olib borishi mumkin bo‘lgan yagona davlat bu – hozirgi Rossiya. Va bu butun dunyo uchun terroristik tahdid”, deb yozdi Ukraina yetakchisi.

U, shuningdek, bunday hujumlar Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning tinchlik muzokaralariga tayyor emasligini isbotlashini aytdi. Zelenskiyning ta’kidlashicha, gap eski “Ukritiye” ob’ekti ustidan Ukraina mutaxassislari boshqa davlatlar bilan hamkorlikda qurib, 2019 yilda foydalanishga topshirgan yangi “Sarkofag” haqida ketmoqda. Zarba aynan ushbu yangi inshootga – Yangi xavfsiz konfinementga (Nyew Safe Confinement – NSC) qaratilgan. 45 dan ortiq donor davlat ushbu ob’ekt qurilishi uchun 2,2 milliard yevro ajratgan. Uning vazifasi vayron bo‘lgan energoblokni tashqi muhitdan izolyatsiya qilish va radioaktiv chang hamda aerozollarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik.

Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bugun, 14 fevral tungi soat 01:50 atrofida Chernobil AESda portlash sodir bo‘lgani, shundan so‘ng NSC ustida yong‘in kelib chiqqanini tasdiqlagan. U yerda joylashgan agentlik xodimlari dron himoya inshooti tomiga kelib urilganini bildirgan.

“Yong‘in xizmati bir necha daqiqa ichida javob qaytardi. Hozircha ichki himoya qobig‘i buzilgani haqida hech qanday belgilar yo‘q. Ichki va tashqi radiatsiya darajasi normal va barqaror. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q. MAGATE vaziyatni kuzatishda davom etmoqda”, deyiladi agentlik bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainadagi Zaporoje atom elektr stansiyasiga ketayotganda Atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro agentlikning (MAGATE) rasmiy avtomobiliga dron bilan zarba berilib, unga jiddiy zarar yetkazilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina AES dron Chernobil'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing