Rossiya Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi a’zoligidan chetlashtirildi

Sport

image

16 noyabr kuni Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi Berlindagi navbatdan tashqari umumiy assambleyasida Rossiya Paralimpiya qo‘mitasining tashkilotdagi a’zoligini to‘xtatdi. Bu haqda kecha, 16 noyabr kuni IPC matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu qarorga 64 nafar delegat ovoz berdi, 39 nafari qarshi, 16 nafari esa betaraflik pozitsiyasini tanladi.

“Berlinda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari Bosh Assambleyada IPC a’zolari tashkilot nizomiga muvofiq o‘z a’zolik majburiyatlarini bajara olmaganligi sababli Rossiyaning faoliyatini zudlik bilan to‘xtatib turish to‘g‘risidagi taklifni yoqlab ovoz berdilar. Shu munosabat bilan Rossiya tomoni apellyatsiya berish huquqidan tashqari, qo‘mitaga a’zolikning barcha huquqlarini yo‘qotadi. Agar Rossiyaning shikoyati ijobiy baholanmasa, u holda faqat umumiy yig‘ilish ruslarning a’zoligini to‘xtatib turishni bekor qilishi mumkin. Keyingi umumiy yig‘ilish to‘rtinchi chorakda, ya’ni 2023 yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda”, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, kecha IPC Belarus Paralimpiya qo‘mitasining a’zoligini ham to‘xtatdi. 

IPC 2016 yil avgust oyida Rus sportida paydo bo‘lgan doping mojarosidan keyin Rossiyani tashkilot a’zoligidan mahrum qilgan edi. Keyin bu chora vaqtinchalik qo‘llanadigan bo‘ldi. Shu sababli rossiyalik paralimpiyachilar 2016 yilda Rio-de-Janeyrodagi yozgi o‘yinlarda, 2018 yilda esa Pxyonchxandagi qishki Paralimpiya o‘yinlarida neytral maqomda qatnashishdi.

2019 yilda IPC Rossiya qo‘mitasi 2022 yil 31 dekabrgacha bajarishi kerak bo‘lgan bir qator talablar bilan ruslarning a’zoligini shartli ravishda tikladi. 2021 yilda ushbu qaror tufayli rossiyaliklar Tokiodagi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida qatnashish imkoniga ega bo‘lishdi. 2022 yilda rus paralimpiyachilari Pekin Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etishlari kerak edi, ammo Ukrainadagi vaziyat tufayli Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi rossiyaliklarni musobaqaga qo‘ymaslikka qaror qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya IPC

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing