Rossiya Qozog‘istonda “Tolibon”ning “qora ro‘yxat”dan chiqarilishiga munosabat bildirdi

Olam

image

Qozog‘iston tomonidan "Tolibon"ning mamlakatda taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilishi Afg‘onistonni xalqaro izolyatsiyadan chiqarish va mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

“Umid qilamizki, Ostonaning bu qarori afg‘on rasmiylari bilan muloqotni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va mintaqaviy xavfsizlikni himoya qilish, terrorizm va giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashishga yordam beradi. Shu bilan birga, mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlaydi”, degan u. 

Ma’lumot uchun, bugun, 29 dekabr kuni Qozog‘iston rasmiylari “Tolibon”ni mamlakatda taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishga qaror qilgandi.

“Shuningdek, bu qadam Afg‘onistonni xalqaro izolyatsiyadan olib chiqish va uning global siyosiy va iqtisodiy jarayonlarga yanada integratsiyalashuviga yordam beradi hamda afg‘on aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Biz bunga ishonamiz”, deb so‘zlarini yakunlagan Zaxarova.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing