Rossiya Qirg‘iziston bilan havo mudofaasi ittifoqini saqlab qolmoqchi

Olam

image

Rossiya Qirg‘iziston bilan yagona mintaqaviy havo mudofaasi tizimi bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish niyatida ekanini bildirdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin “Izvestiya” nashriga bergan intervyusida aytdi.

Rossiya va Qirg‘iziston o‘rtasidagi mazkur kelishuv 2023 yilda kuchga kirgan. Kelishuv doirasida Qirg‘iziston Chuy viloyatida, Kant aviabazasi yaqinidan Rossiya havo mudofaasi uskunalarini joylashtirish uchun yer ajratgan. Respublikada Rossiyaning S-300 zenit-raketa tizimlari ham joylashtirilgan.

“Rossiya Federatsiyasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida 2022 yil 16 avgustda imzolangan qo‘shma mintaqaviy havo mudofaasi tizimini yaratish to‘g‘risidagi bitim besh yil muddatga amal qiladi va agar tomonlardan biri ikkinchi tomonga chiqish niyati haqida xabar bermasa, keyingi besh yillik muddat avtomatik ravishda uzaytiriladi. Ushbu bitim ham Rossiya, ham Qirg‘iziston xavfsizligiga hissa qo‘shganligi sababli, biz bugun uni bekor qilish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapmiz”, dedi Mixail Galuzin.

Siyosatshunos Denis Denisovning fikricha, Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlar o‘rta muddatli istiqbolda, ayniqsa harbiy sohada jadal rivojlanadi. Shuning uchun Qirg‘iziston bilan yagona havo mudofaasi tizimi to‘g‘risidagi kelishuvning uzaytirilishi ham kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya mudofaa Qirg'iziston hamkorlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing