Rossiya qilgan ishlar adolatli javob berishni talab qiladi – Zelenskiy
Olam
−
21 may 2022
6799Ukraina yerlari Rossiya harbiylaridan tozalanmaguncha kurashni davom ettirish kerak. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ta’kidladi.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rossiya armiyasi joriy yilning 24 fevralidan beri va undan oldin, 2014 yildan beri qilgan barcha ishlar adolatli javob berishni talab qiladi.
“Birinchidan, bu ozodlik. Biz o‘z yurtimizni bosqinchilardan tozalamagunimizcha va Ukraina xavfsizligini kafolatlamagunimizcha kurashishimiz kerak.
Ikkinchidan, bu barcha rossiyalik harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortish. Ukraina sudlarida ham, Xalqaro tribunalda ham, urush davom etayotgan paytda jang maydonida ham. Ammo, uchinchidan, biz Rossiya Ukrainada vayron qilgan hamma narsani qandaydir tarzda qoplashini ta’minlash ustida ishlayapmiz. Har bir yongan uy. Har bir vayron bo‘lgan maktab, vayron bo‘lgan shifoxona. Har bir portlagan madaniyat va infratuzilma ob’ekti. Har bir vayron bo‘lgan korxona. Har bir to‘xtab qolgan biznes”, degan Zelenskiy.
Shuningdek, u Rossiya istilosi ostida bosqinchilarga qarshi kurashni davom ettirayotgan barcha ukrainaliklarga minnatdorlik bildirgan.
“Bugun men ishg‘olga qarshi kurashni to‘xtatmayotgan xalqimizga rahmat aytmoqchiman. Va ayniqsa, hozir vaqtincha Rossiya, uning armiyasi nazorati ostida bo‘lgan hududda bo‘lganlar uchun. Har birimiz bosqinchilar bizning yerimizda biror narsani hal qilishga haqli emasligini ko‘rsatishimiz kerak. Bu bizning g‘alabamizning muhim tarkibiy qismidir”, degan Prezident.
LiveBarchasi