Rossiya qator davlatlardan kelganlar uchun 14 kunlik karantin joriy qildi

Olam

image

Kecha, 2 dekabr kunidan boshlab Rossiyada Janubiy Afrika Respublikasi va unga qo‘shni davlatlardan kelayotgan fuqarolar uchun ikki haftalik karantin joriy etildi. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati (Rospotrebnadzor) rahbari Anna Popova ma’lum qildi.

“Federal turizm agentligi va Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bunday odamlar juda kam”, degan u.

Janubiy Afrika Respublikasi Botsvana, Lesoto, Mozambik, Namibiya, Svazilend va Zimbabve kabi davlatlar bilan chegaradosh.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 24 noyabr kuni JARda koronavirusning yangi B.1.1.529 shtammi bilan ilk kasallanish holati qayd etildi. 

JSST favqulodda yig‘ilishdan so‘ng Janubiy Afrikada aniqlangan koronavirusning yangi variantini tashvishga soladigan deb tasniflashga qaror qilgan edi. Yangi shtamm — B.1.1.529 JSST tomonidan yunoncha “omicron” harfi bilan nomlandi. Yangi shtamm nafaqat Afrikaning janubida, balki Belgiya, Italiya, Germaniya, Shveysariya, Kanada, Niderlandiya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, AQSH, BAA Gretsiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda ham aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 3 dekabrdan 2022 yil 10 yanvarga qadar O‘zbekiston yangi shtamm tufayli Janubiy Afrika Respublikasi, Botsvana, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Lesoto, Esvatini, Tanzaniya va Gonkong bilan xalqaro aviaqatnovlarni (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublika hududiga kirish) to‘xtatgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

omikron

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing