Rossiya istalgan vaqtda Ukrainaga hujum qilishi mumkin – Oq uy

Olam

image

Rossiya istalgan vaqtda Ukrainaga hujumga o‘tishga tayyor. Oq uy Matbuot kotibi Jen Psaki bunday bosqinchilik Moskva uchun jiddiy iqtisodiy oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.

“Hozir biz Rossiya istalgan vaqtda Ukrainaga hujum qila oladigan bosqichda turibmiz”, degan Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Matbuot kotibi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina chegaralari bo‘ylab 100 ming rus qo‘shinini to‘plash, shuningdek, qo‘shma mashg‘ulotlar, jumladan, Ukrainaning sharqiy chegarasida qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun Belarusga kuchlarini joylashtirish orqali inqirozli vaziyatni yuzaga keltirgan.

“Biz bu favqulodda xatarli vaziyat deb hisoblaymiz”, degan Psaki.

Oq uy vakilining ta’kidlashicha, Ukrainaga qarshi harbiy tajovuz sodir bo‘lsa, Rossiya juda jiddiy iqtisodiy oqibatlarga duch keladi. 

“Ular jiddiy iqtisodiy oqibatlarga duchor bo‘ladimi yoki yo‘qmi, bu Prezident Putin va ruslarning tanlovi”, degan u.

Eslatib o‘tamiz,  AQSH Rossiyaning Ukrainaga  “bosqini” joriy yil yanvar-fevral oylarining o‘rtalarida boshlanishi mumkinligini ma’lum qildi.

Bunga javoban Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi Oq uyning Ukrainaga bosqin uyushtirish vaqti haqidagi bayonotini soxta va axborot bosimi deya atagan.

“Conflict Intelligence Team” (CIT) esa Rossiya “Iskandar” raketalar majmuasini va yana boshqa og‘ir texnikalarni g‘arbiy chegaralari tomon tashiyotganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, raketalar kompleksi va zirhli artilleriya ortilgan poyezdlar mamlakat Sharqiy harbiy okrugidan g‘arbga tomon harakatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina

Baholaganlar

231

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing