Rossiya iqtisodini “cho‘ktirish” oson emas – Makron
Olam
−
22 dekabr 2023 10258 2 daqiqa
Ayrim Yevropa davlatlari va AQSH Ukraina kelajagiga shubha bilan qaraydi. Bu e’tirofni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron “France 5” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Unga ko‘ra, Yevropaning hali ham omadi bor, chunki AQSH ma’muriyatida Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi siyosatchilar ko‘p. Ammo kelajakda "AQSHdagi siyosiy vaziyat bo‘yicha noaniqlik" paydo bo‘lishi mumkin.
Shunga qaramay, Ukraina Yevropa bilan uyg‘unlikda tinch-totuv yashamoqchi. Fransiya Rossiya Federatsiyasi bilan ochiqchasiga ziddiyatga kirishmagan bo‘lsa-da, Moskvaning bu urushda g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ya olmaydi.
Makron, shuningdek, Yevropa va AQSHning Ukrainadagi urush fonida erishgan “muvaffaqiyatlar”ini ham qayd etdi. U bunga neytral Shvetsiya va Finlyandiyani NATOga kirish harakatlarini misol qilib keltirgan.
Muvaffaqiyatsizliklar qatorida Fransiya yetakchisi G‘arb sanksiyalarining samarasizligini aytib o‘tgan. Makron Rossiya iqtisodiyotini qulatish imkonsizligini tan olgan.
“Rossiya iqtisodiyotini cho‘ktirish oson emas. Shunga qaramay, yaqin oylarda bu borada muhim qadamlar qo‘yiladi”, degan Fransiya rahbari.
Ma’lumot uchun, bungacha rossiyalik olimlar G‘arb davlatlarining sanksiyalar siyosati natijalarini tahlil qilishgan. Ular Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiya qo‘llagan davlatlar AQSH "tuzog‘iga” tushib qolganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida Makron Parij Olimpiadasida Rossiya bayrog‘ining bo‘lishiga qarshi chiqqan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr