Talabalar joy yo‘qligi sabab, o‘quv zalida yashayapti
Olam
−
17 Sentabr 2019
6832Satpayev nomidagi Qozog‘iston Milliy tadqiqot texnik universiteti talabalari yotoqxonalarda joy yetishmasligi sababli o‘quv zaliga joylashtirildi, deya xabar bermoqda Tengrinews.kz
Olmaotadagi sifat nazorati va tovarlar va xizmatlarning xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Aizat Moldagasimova ko‘ra, QozMTTU o‘quv zalidagi maxsus ajratilgan joyda 10 nafar talaba istiqomat qilyapti. Universitetning 3-sonli yotoqxonasi ortiqcha 53 foiz talabani bag‘riga olgan.
"Umuman mamlakatdagi 40 ta oliy ta’lim muassasasining 78 tasi hozirda nazorat ostida. Ularning 22 foizida haddan tashqari ko‘p talaba joylashtirilgan. Abay nomidagi QozMPU (Qozog‘iston miliy pedagogika universiteti)ning 3-sonli yotoqxonasidagi 50 o‘rinda 253 kishi istiqomat qiladi. Shuningdek, bu universitetning 8-sonli yotoqxonasida 31 foiz, QozMAU (Qozog‘iston milliy agrar universiteti) ning 3-sonli yotoqxonasida ortiqcha 21 foiz talaba joylashtirilgan", dedi Aizat Moldagasimova.
QozMAU yotoqxonasining birinchi qavati ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan xususiy tashkilotlarga ijaraga berilgan edi.
Hozirda yotoqxonalar bilan bog‘liq 11 ta masala sudga topshirilgan.
LiveBarchasi