Rossiya gornizoni Zmeyniy orolidan olib chiqib ketildi

Olam

image

Rossiya Qurolli Kuchlari o‘z garnizonini Zmeyniy orolidan olib chiqib, jahon hamjamiyatiga Rossiya Federatsiyasi BMTning Ukraina hududidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha gumanitar koridor tashkil etish harakatlariga to‘sqinlik qilmasligini namoyish etdi. Bu haqda bugun, 30 iyun kuni Rossiya Mudofaa vazirligi (MO) rasmiy vakili general-leytenant Igor Konashenkov ma’lum qildi. 

“30 iyun kuni Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari xayrixohlik qadami sifatida Zmeyniy orolida o‘zlariga yuklangan vazifalarni bajarib, u yerda joylashgan garnizonni olib chiqib ketishdi. Shunday qilib, Rossiya Federatsiyasi BMTning Ukraina hududidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish uchun gumanitar yo‘lak tashkil etish bo‘yicha sa’y-harakatlariga to‘sqinlik qilmasligi jahon hamjamiyatiga namoyish etildi", deydi u. 

Qayd etilishicha, bu qaror Kiyevga Rossiyaning Qora dengizning shimoli-g‘arbiy qismini to‘liq nazorat qilishi sababli donni eksport qilishning iloji yo‘qligiga ishora qilib, yaqinlashib kelayotgan oziq-ovqat inqirozi mavzusida spekulyatsiya qilishga imkon bermaydi.

“Endi gap o‘z qirg‘oqlari yaqinidagi Qora dengiz sohillarini, jumladan, port suvlarini hali tozalamagan Ukraina tomonida”, deydi Konashenkov.

Ma’lumot uchun, 8 iyun kuni Rossiya va Turkiya tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Mavlud Chavusho‘g‘li Anqarada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda “Don yo‘lagi”ni yaratish masalasini muhokama qildilar. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin avvalroq Kiyev o‘z portlarini minalardan tozalasa, Moskva Ukraina donini olib ketayotgan kemalarning to‘siqsiz o‘tishini kafolatlashi, Berdyansk va Mariupol kabi Rossiya nazoratidagi portlar orqali tovarlar eksport qilinishini ta’minlashi mumkinligini aytgan edi. U jahon oziq-ovqat bozoridagi muammolar 2020 yilning fevralida boshlanganini eslatib, Rossiyaning Ukraina portlarida donni to‘sib qo‘ygani haqidagi bayonotlarni feyk deb atadi. 

Turkiya hukumati Ukraina g‘allasini Qora dengiz orqali yetkazib berish uchun xavfsizlik kafolatlarini ta’minlashi mumkinligini ma’lum qildi. TRT telekanali o‘tgan hafta Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’muriyatidagi manbalarga tayanib, Ukraina g‘allasini yetkazib berish bo‘yicha yo‘l xaritasini amalga oshirish mexanizmi 80-90 foiz tayyor ekanligini va tegishli kelishuvlarga erishilsa, u amalga oshirilishi mumkinligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

188

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing