Rossiya, gaz quvuri va Ukraina: Bayden Zelenskiyga maksimal xavfsizlikni kafolatlashini aytdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatda “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri ishga tushirilishiga qaramay, Ukraina xavfsizligini kafolatladi. Bu haqda Ukraina Prezidenti devoni rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak ma’lum qildi.

“Prezident Bayden, o‘z navbatida, Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini tasdiqladi”, deydi u.

Podolyakning aytishicha, siyosatchilar Zelenskiy iqtisodiy loyiha emas, balki xavfsizlikka tahdid deb atagan “Shimoliy oqim-2” gaz quvurini muhokama qilgan.

Zelenskiyning aytishicha, quvurning ishga tushirilishi Ukrainani gaz ta’minotidan “uzib qo‘yadi” va yiliga 3 milliard dollardan mahrum qiladi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bunga javoban, gaz quvuri qurilishi faqat iqtisodiy nuqtai nazardan foydali ekanini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya hech kimni gaz tranziti orqali oziqlantirishga majbur emas.

Ma’lumot uchun, “Shimoliy oqim-2” loyihasi Boltiq dengizi tubi bo‘ylab har birining uzunligi 1,2 ming kilometrdan ortiq bo‘lgan ikkita gaz quvur liniyasini qurishga asoslangan. Ular orqali Rossiya, Germaniya, Finlyandiya, Shvetsiya va Daniya dengiz hududlari orqali Germaniyaga gaz yetkazib beriladi. Loyiha “Shimoliy oqim-2” AG tomonidan boshqariladi (uning yagona aksiyadori — “Gazprom”). Quvurning birinchi qatorini qurish ishlari allaqachon yakunlangan. Ikkinchi quvurni yotqizishni avgustga qadar yakunlash rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Bayden

Baholaganlar

176

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing