Rossiya g‘alaba qozona olmaydi – Orban
Olam
−
24 fevral 2023 19480 1 daqiqa
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganining bir yilligi munosabati bilan Rossiya g‘alaba qozona olmasligi, biroq yadroviy qudrati sabab uni burchakka tirab bo‘lmasligini aytdi. Bu haqda u o‘z Twitter sahifasida yozdi.
“Rossiya g‘alaba qozona olmaydi, chunki butun G‘arb dunyosi Ukraina ortida turibdi. Shu bilan birga, Rossiya yadroviy davlatdir va yadroviy davlatni burchakka olib borib bo‘lmaydi, chunki bu yadro urushini qo‘zg‘atishi mumkin”, deb yozgan Orban.
Shuningdek, u Ukrainadagi urush haqida gapirar ekan, o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlik muzokaralariga qanchalik tez erishilsa, shuncha yaxshi bo‘lishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq u Ukrainadagi urushda asosiy mag‘lubiyatga uchraydigan tomon Yevropa bo‘lishi, Rossiyaning esa g‘alaba qilishi bahsli masala ekani va urushdan asosiy foyda ko‘radigan taraf Amerika bo‘lishini aytgandi.
Alibek Beyjanov
Live
Barchasi