Rossiya futbolining Yevropadagi taqdiri hal qilinmoqda
Sport
−
24 dekabr 2022
14656Rossiya futbol ittifoqining (RFI) Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqidan (UEFA) Osiyo futbol konfederatsiyasiga (OFK) o‘tishi mumkinligi haqidagi yakuniy qaror 27 dekabr kuni qabul qilinadi. Bu haqda 23 dekabr kuni RFI ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishidan keyingi matbuot anjumanida tashkilot Prezidenti Aleksandr Dyukov ma’lum qildi.
“Menimcha, seshanba kuni videokonferensaloqa orqali yakuniy qaror qabul qilinadi”, deydi Dyukov.
28 fevral kuni UEFA va Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli Rossiya klublari va jamoalarini xalqaro musobaqalardan chetlatdi. Rossiya terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati saralashining pley-off bosqichida ishtirok etmadi.
Ma’lumot uchun, 27 noyabr kuni Dyukov RFI ijroiya qo‘mitasiga OFKga o‘tish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi.
LiveBarchasi