Rossiya fuqarosi tomonidan pichoqlangan o‘zbekistonlik dafn etildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi konsullik bo‘limi Tula oblasti Uzlovaya shahrida fuqaro U.Egamurotovaning o‘ldirilishi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib borishda davom etmoqda. Bu haqda TIV Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, marhuma kelib chiqishiga ko‘ra haqiqatdan ham o‘zbekistonlik bo‘lib, 2011 yilda doimiy yashash joyini Rossiyaga ko‘chirgan hamda Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini olib O‘zbekiston fuqaroligidan voz kechgan.

2019 yilning 1 may kuni U.Egamurotovaning jasadi, vatandosh sifatida, O‘zbekistonga yetkazildi hamda 2 may kuni vatanda dafn etildi. Jasadni jo‘natish va dafn etish xarajatlarini rossiyalik ish beruvchi o‘z zimmasiga oldi. Marhumaning 3 nafar farzandi – Rossiya fuqarolari Tula viloyatida o‘z otalari – Rossiya fuqarosi qarmog‘ida qoldi.

Ayni paytda Tula viloyati Tergov boshqarmasi Uzlovaya shahri tergov bo‘limi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida ko‘zda tutilgan jinoyat (odam o‘ldirish) alomatlari bo‘yicha ochilgan jinoyat ishining tergov jarayonlari davom etmoqda. Mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumonlanayotgan Rossiya fuqarosi qamoqqa olingan. 

Ayni paytda u bilan tergov ishlari olib borilmoqda va u Rossiya Jinoyat kodeksi doirasida o‘z qilmishiga yarasha jazo oladi, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

TIV

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing