Rossiya fuqaroligini olish tartibi soddalashtirildi

Olam

image

Chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tarzda olish to‘g‘risidagi federal qonun kuchga kirdi. Bu haqda Kreml ma’lum qildi.

Yangi tartibga ko‘ra, fuqaro o‘zining mavjud fuqaroligidan voz kechish to‘g‘risidagi talab bekor qilindi va Rossiyada bo‘lish muddati qisqartirildi.

Endilikda Sobiq Ittifoq davlatlarining fuqaroligi bo‘lmagan shaxslari uchun Rossiyada uch yil yashash va qonuniy daromad manbai mavjudligini tasdiqlash shart emas. Bu talab ota-onasidan biri Rossiya fuqarosi bo‘lgan farzandlar yoki Rossiya fuqarosi bilan oila qurgan ayol va erkak uchun ham amal qiladi.

Ukraina, Belarus, Qozog‘iston va Moldova fuqarolarining Rossiya pasportini olishi uchun vaqtincha yashash guvohnomasiga ega bo‘lishi yetarli.

Shuningdek, Rossiya oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari uchun fuqarolik olish bo‘yicha mamlakat hududida ishlash talabi uch yildan bir yilga qisqartirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya pasport

Baholaganlar

885

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing