Rossiya estoniyalik diplomatni mamlakatdan haydadi

Olam

image
Navalniy effekti: diplomatlar Rossiya va Yevropa o‘rtasida “koptok” bo‘lmoqda north_east

Navalniy effekti: diplomatlar Rossiya va Yevropa o‘rtasida “koptok” bo‘lmoqda

Rossiya estoniyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi. Bu rasmiy Tallinning Rossiya elchixonasi xodimini persona non grata deb e’lon qilinishiga javob bo‘ldi. Bu haqda Rossiya TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

“Yaqinda qasamyod qabul qilgan Estoniyaning yangi hukumati, ehtimol Rossiya elchixonasi diplomatlarini mutlaqo asossiy ravishda persona non grata deb e’lon qilish orqali Vashington, Bryusseldagi kuratorlariga sadoqatini ko‘rsatishga qaror qilgan”, degan Zaxarova.

Zaxarova Rossiya elchixonasi xodimi madaniyat va ta’lim masalalari bilan shug‘ullanganini ta’kidlab, Moskva va Tallin ham hozircha shu yo‘nalishlarda hamkorlikni davom ettirayotganini qo‘shib o‘tgan.

Shuningdek, Rossiyadagi Estoniya elchisi TIVga chaqirtirilgan. Unga jiddiy norozilik bildirilgan.

Fevral oyi boshida Rossiya Shvetsiya, Germaniya va Polshaning uch nafar diplomatini mamlakatdan chiqarib yuborgandi. Bunga ular noqonuniy namoyishda qatnashgani sabab bo‘lgan va Moskva buni ichki ishlarga aralashish deb baholagan. Bunga javoban Berlin, Varshava va Stokgolm ham rus diplomatlarini chiqarib yubordi.


Maqola muallifi

Teglar

diplomat Rossiya-Estoniya

Baholaganlar

317

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing