Rossiya Erondan olgan kamikadze dronlarining yangi partiyasi bilan hujum qilmoqda
Olam
−
20 aprel 2023
9483Rossiya Eron kamikadze dronlarining yangi partiyasini oldi va Ukrainaga havo hujumlarini kuchaytirdi. Bu haqda bugun, 20 aprel kuni telemarafon efirida Janubiy mudofaa kuchlarining birlashgan muvofiqlashtiruvchi matbuot markazi rahbari Natalya Gumenyuk ma’lum qildi.
“Ular (Rossiya kuchlari) zaxiralarni to‘plagan. Aminmanki, raketa zaxiralarining keskin minimal darajaga tushgach, ular vaqtinchalik pauza qilishga va Ukrainaning orqa hududlariga bosim o‘tkazishning yangi usullarini izlashga majbur bo‘lgan. Shu sababli, Eron kamikadze dronlarining qo‘shimcha partiyasini kutib, ular tanaffus qilishdi. Endi ularda dronlar bor va endilikda ulardan foydalanishni boshlashadi”, deydi Natalya Gumenyuk.
Uning aniqlik kiritishicha, dronlarning yangi partiyasidan foydalanish Nikolayev va Odessa viloyatlarida qayd etilgan. Gumenyukning ta’kidlashicha, bosqinchilar dronlardan tinch aholi o‘rtasidagi keskinlikni saqlab qolish, shuningdek, havo hujumidan mudofaa tizimlari va muhim infratuzilmani qidirish uchun foydalanmoqda.
LiveBarchasi