Rossiya Eron dronlari bilan Kiyevga hujum qildi – Klichko

Olam

image

Bugun, 14 dekabr kuni soat 6:00 atrofida Ukrainaning uchta viloyatida – Kiyev, Jitomir va Vinnitsada havo ogohlantirishi e’lon qilindi. Ko‘p o‘tmay, Kiyev viloyatida (xususan, Kiyev chekkasida va poytaxtning o‘zida) portlashlar eshitilgani haqida xabarlar paydo bo‘la boshladi. 

Keyinroq Kiyev viloyati harbiy boshqarmasi rahbari Aleksey Kuleba havo hujumidan mudofaa ishlayotganini tasdiqladi. 

“Kiyev viloyati, ertalab. Havo hujumidan mudofaa ishlamoqda”, deydi u. 

Kuleba endi boshpana va xavfsiz joylarda bo‘lish muhimligini urg‘uladi. 

Poytaxt meri Vitaliy Klichkoning aytishicha, Kiyevning Shevchenkovs tumanida portlash ovozlari eshitilgan. 

“Poytaxtning Shevchenkovs tumanida portlashlar sodir bo‘ldi. Xizmatlar joyiga yetib boradi",  deydi u. 

Keyinchalik Klichko ertalab soat 7:25 ga kelib ruslar tomonidan foydalanilgan Eron kamikadze-dronlarining katta qismi allaqachon urib tushirilganini qo‘shimcha qildi. 

“Kiyev viloyatida va havo hujumiga qarshi mudofaa markazi ustidan allaqachon 10 ta “Shahed” dronlari urib tushirilgan”, deydi u. 

Soat 7:30 holatiga ko‘ra Jitomir va Kiyev viloyatlarida signal davom etayotgani aytildi. Jitomir viloyat mudofaa administratsiyasi rahbari Vitaliy Bunechko dron hujumlarining ikkinchi to‘lqini bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

408

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing