Rossiya do‘st davlatlar reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston biroz tushdi
Olam
−
27 fevral
63941Rossiya Kommunikatsiyalarni rivojlantirish milliy tadqiqot instituti 2023 yilgi Rossiyaga do‘st davlatlar reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston unda 6-o‘rinni (kommunikatsiya rejimi bo‘yicha maksimal 100 balldan 55,2 ball) egalladi.
Reytingni tuzishda 14 ta postsovet davlatidagi tadbirlar, 2023 yilga mo‘ljallangan hukumat hujjatlari, davlat rahbarlarining bayonotlari va media resurslar tahlil qilingan. Reytingga do‘st bo‘lgan 10 ta davlat kiritilgan:
- Janubiy Osetiya – 93,5 ball;
- Belarus – 87,6 ball;
- Abxaziya – 81,4 ball;
- Qirg‘iziston – 60,3 ball;
- Tojikiston – 58,7 ball;
- O‘zbekiston – 55,2 ball (2022 yilgi reytingda 3-o‘rin va 59,3 ball);
- Ozarbayjon – 50,1 ball;
- Qozog‘iston – 50 ball;
- Turkmaniston – 47,1 ball;
- Armaniston – 46 ball.
Do‘st bo‘lmagan guruhdan esa 5 ta davlat joy olgan: Moldova, Estoniya, Litva, Latviya, Ukraina. Birgina Gruziya davlati nisbatan do‘stona/do‘stona emas deb baholangan.
Reyting dasturchilariga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekistonning kommunikatsiya rejimi o‘zining barqarorligini nafaqat Rossiyaga, balki unga nisbatan do‘st bo‘lmagan mamlakatlar uchun ham iqtisodiy, madaniy va yoshlar kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni namoyon etgan.
Rossiya uchta davlatning reytingdagi o‘rni pastlaganidan xavotirda.
Rossiya jamoatchilik bilan aloqalar assotsiatsiyasi prezidenti Yevgeniy Minchenko Qozog‘istonning reytingdagi o‘rni o‘zgarganidan tashvishlandi.
“Meni Qozog‘iston, Armaniston va Moldova kabi davlatlar tashvishga solmoqda. Chunki Qozog‘iston o‘z vaqtida postsovet hududida integratsiyaning pioneri bo‘lgan, Nazarboyev esa postsovet hududidagi turli integratsiya jarayonlarining bosh ideologi edi.
Qozog‘istonning 2023 yilgi reytingdagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘zgarib borayotgani esa juda xavotirli ko‘rinadi”, deydi u.
Avvalgi reytinglar bilan solishtirilsa, Qozog‘iston, Armaniston va Ozarbayjonning pozitsiyasi yuqoriroq edi. Ayni paytda shuni ta’kidlash mumkinki, birgina Qirg‘iziston o‘z mavqeini yo‘qotayotgani yo‘q.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi