Rossiya Donetskga kassetali o‘qlar bilan hujum qildi

Olam

image

Rossiya kuchlari Donetsk viloyatining Konstantinovka shahrini “Smerch” yoppasiga o‘t ochuvchi reaktiv tizimlardan kassetali o‘q-dorilar bilan hujum qildi. Bu haqda Donetsk viloyati ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko ma’lum qildi.

Shahar ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida 10 yoshli bola halok bo‘lgan, yetti kishi, jumladan, to‘rt nafar bola jarohatlangan. Prokuratura jarohatlangan bolalar orasida ikki opa-singil borligi, ulardan birining ahvoli og‘ir ekanini xabar qilgan.

Human Rights Watch inson huquqlari tashkilotining bildirishicha, Ukrainadagi jangovar harakatlar paytida kassetali o‘qlardan Rossiya harbiylari ham, ukrainaliklar ham foydalanib kelmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida AQSH Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi doirasida kassetali snaryadlarni ham yetkazib bergandi. Bunga javoban Prezident Vladimir Putin Rossiya kassetali o‘q-dorilardan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qolishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Donetsk kassetali o'q-dorilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing